26 iyu 13:25
Yangiliklar
Tennis

London (ATP): Lopes CHilichni engib, turnir g'olibiga aylandi
Angliya poytaxti London shahrida nufuzli Queen’s Club Championships turniri yakunlandi.
ATP 500 toifasiga kiruvchi AEGON Championships turnirining sovrin jamg'armasi 1 596 645 evroni tashkil qildi. Hal qiluvchi final uchrashuvida ispaniyalik Felisiano Lopes xorvatiyalik Marin CHilichga qarshi kortga chiqdi.
Turnirda to'rtinchi raqam ostida tasniflangan CHilich biroz kutilmaganda raqibiga 6:4, 6:7(2), 6:7(8) hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu muvaffaqiyatli ishtirok Lopesga 395,690 evro mukofot puli hamda 500 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Fikrlar