24 iyu 12:00
Yangiliklar
Londonda Para-atletika bo'yicha jahon chempionati yakunlandi, sportchilarimizda 7 ta medal
Musobaqa davomida sportchilarimiz 1ta jaxon va 1ta Osiyo rekordlarini yangiladilar.
10 kun davom etgan “London-2017” jaxon chempionatida 7 nafar hamyurtimiz ishtirok etdi va 7ta medalni qo'lga kiritdi.
23 iyul kuni bo'lib o'tgan bahslarda ayollar o'rtasida yadro otish sport turidan Sofiya Burxanova 14.76m hamda erkaklar o'rtasida yadro uloqtirish musobaqalarida Xusniddin Norbekov 14.87m natija bilan kumush medallarni qo'lga kiritib O'zbekiston delegaciyasi hisobiga yana 2 medalarni yozib qo'ydilar.
Eslatib o'tamiz, 10 kun davom etagan London-2017 jaxon chempionatida nayza otish sport turi bo'yicha Aleksandr Svechnikov oltin, uzunlikga sakrash bahslarida Doniyor Soliev oltin, disk otish sport turida Xusniddin Norbekov oltin, nayza otish sport turida Nozima Kayumova kumush, yadro uloqtirish va disk otish musobaqalarida Sofiya Burxonova 2ta kumush, yadro uloqtirish bahslarida Norbekov Xusniddin kumush medallarini qo'lga kiritgan.
London-2017 jaxon chempionatida 1050ta sportchilar 213ta medalli o'rinlar uchun kuch sinashdilar.
O'zbekiston delegaciyasi 26 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 08.25da London-Toshkent yo'nalishi bo'yicha uchib keladilar.
Paralimpiya matbuot xizmati
Fikrlar