So’nggi yangiliklar

14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0 20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0

26 dek 12:04
Yangiliklar

Qilichbozlik

Los-Anjeles-2028: Qilichbozlarimiz jamoaviy dasturda ham licenziya qo'lga kiritishni niyat qilishgan

Sport vazirligi hamda MOQ mutasaddilari federaciya va associaciyalarning yangi Olimpiya cikliga tayyorgarlik rejalari bilan tanishib chiqmoqda. Bu gal O'zbekiston qilichbozlik federaciyasining taqdimoti o'rganildi.

Qilichbozlarimiz so'nggi ikki Olimpiya o'yinlarida delegaciyamiz tarkibida ishtirok etib kelishmoqda. Yangi Olimpiya mavsumi terma jamoamiz uchun har qachongidan masuliyatli hisoblanadi. Boisi 2027-yil Toshkent kattalar o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi va unda Olimpiada uchun eng yirik reyting ochkolari o'ynaladi. Federaciya taqdimotida rais Maxsud Abdusamadov bu borada alohida to'xtalib o'tdi.

Uning takidlashicha, qilichbozlarimiz bu gal jamoaviy dasturda ham Olimpiada yo'llanmalari uchun kurash olib borishadi. Bu borada sablyachilarimizning imkoniyati yuqori baholanib, hozirdan tayyorgarlik boshlab yuborilgani malum qilindi. SHuningdek, qilichbozlarimizni boshqa yo'nalishlarda ham munosib tayyorlash borasida ishlab chiqilgan reja tanishtirildi.

Muloqot davomida yangi Olimpiya siklida terma jamoaga jalb qilinishi kutilayotgan xorijlik murabbiylar masalasiga ham alohida to'xtalib o'tildi. Terma jamoa bosh murabbiyi Ruslan Kudaev xorijlik mutaxassislar bilan ishlash, yurtimizda yoshlar o'rtasidagi Osiyo va Jahon kubogi bosqichlarini o'tkazish orqali iqtidorli sportchilarni saralash ko'zda tutilganini qo'shimcha qildi.

Suhbat yakunida federaciyaning hududiy bo'limlari bilan ishlashni yanada jadallashtirish tavsiya qilinib, O'zbekiston delegaciyasini Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o'yinlariga puxta tayyorlash bo'yicha ishlab chiqiladigan Prezident qarori loyihasi uchun takliflar belgilab olindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing