18 jan 13:22
Yangiliklar
Futbol

"Los Anjeles Gelaksi" CHicharitoni o'z safiga qo'shib oldi
"Los Anjeles Gelaksi" klubi hujumchi Xaver "CHicharito" Ernandes bilan shartnoma imzoladi.
AQSH klubi forvardni "Sevilya"dan sotib oldi. Klub unga 38 yoshli shveciyalik Zlatan Ibragimovichning o'rinbosari sifatida qaramoqda.
Xabar qilinishicha, Meksika terma jamoasi o'yinchisi okeanortidagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchiga aylanadi. 31 yoshli Ernandes "Sevilya" sharafini 2019 yilning yozida beri himoya qilib kelayotgan edi. U ispan klubiga "Vest Xem"dan 8 million evro evaziga o'tgan edi.
Malumot uchun, futbolchi joriy mavsum 17ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar