07 dek 10:10
Yangiliklar
![](/upload/storage/6456_220.jpg)
“Ludogorec”, “Beshiktosh”, “Borussiya” M, “Rostov” Evropa Ligasida
Bolgariyaning “Ludogorec” klubi mehmonda “PSJ” bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi va guruhda 3-o'rin bilan Evropa ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Bolgariya chempioni “Arsenal”ga yutqazgan “Bazel” klubini ortda qoldirdi.
Garchi “Beshiktosh” jamoasi Kievda “Dinamo”ga 0:6 hisobida yutqazgan bo'lsada, “B” guruhining uchinchi jamoasi sifatida Evropa Ligasining pley-offiga chiqdi.
Menxegladbaxning “Borussiya” klubi “Manchester Siti” maydonida 1:1 hisobida durang qayd etdi. Bu esa Germaniya klubining “C” guruhida 3-o'rinni egallashini taminladi.
“D” guruhida 3-o'rin bilan Evropa Ligasida kurashni davom ettirish huquqi “Rostov”ga nasib etdi. Rossiya vice-chempionlari Gollandiyada PSV klubi bilan durang (0:0) o'ynadi.
Fikrlar