19 avg 10:01
Yangiliklar
Futbol

Lui van Gal yana Niderlandiya terma jamoasini boshqarishi mumkin
Niderlandiya Qirollik futbol ittifoqi Ronald Kuman "Barselona"ga ketganidan keyin, terma jamoani boshqarishi mumkin bo'lgan mutaxassislar variantlarini ko'rib chiqmoqda.
Ushbu lavozimga nomzodlardan biri o'tmishda milliy jamoa bilan birga ishlagan Lui van Galdir, deya xabar berdi Voetbalprimeur. Mutaxassis hozirda ishsiz, u jamoa boshqaruviga qaytsa, o'zini baxtiyor his etgan bo'lardi. Van Galning so'nggi ish joyi "Manchester Yunayted" bo'lgandi. U Manchesterni 2016 yilda tark etgan.
Mutaxassis faoliyati davomida "Ayaks", "Barselona", "AZ Alkmar" va "Bavariya"da murabbiylik qilgan. 2000 yildan 2002 yilgacha va 2012 yildan 2014 yilga qadar Niderlandiya terma jamoasini boshqargan.
Havola :
Fikrlar