12 sen 13:30
Yangiliklar
Futbol

Luis Suares Ronalduga tegishli bo'lgan rekordni yangiladi
“Barselona” hujumchisi Luis Suares Madridning “Real” klubi etakchisi Krishtianu Ronalduga tegishli bo'lgan rekordni yangiladi.
Garchi “Alaves”ga qarshi kechgan o'yin “Barselona” uchun mag'lubiyat bilan yakunlangan bo'lsada, urugvaylik hujumchi uchun o'ziga xos rekord bilan esda qoladigan bo'ldi. Aynan mazkur uchrashuv Suares uchun “Barselona” libosidagi yubiley 100-o'yin sifatida etirof etildi.
Bu bilan Luis Ronalduning rekordini yangiladi. Portugaliyalik futbolchi o'zining “Real”dagi 100ta uchrashuvida gol+pas tizimida 124 ochko (95 gol + 29 assistenlik) jamg'argandi.
Bu borada Suares 131 ochko (88 gol+43 assistent) to'pladi. Urugvay terma jamoasi azosi 2014 yilning yozida “Barselona” safiga ko'chib o'tgan edi. O'shanda kataloniyaliklar “Liverpul” uchun 65 mln funt sterling to'lashgandi.
Havola :
Fikrlar