11 iyu 09:48
Yangiliklar
Futbol

Lukaku “Manchester Yunayted” bilan besh yillik shartnoma imzoladi
Romelu Lukaku rasman “Manchester Yunayted” futbolchisiga aylandi.
Belgiyalik futbolchi “MYU” bilan besh yillik shartnomaga imzo chekdi. 24 yoshli futbolchi “qizil iblislar”ning Los Anjelsdagi yig'iniga borib qo'shiladi.
Xabarlarga ko'ra, uning transferi uchun “Man Yunayted” “Everton”ga 75 million funt va yana 15 million funt bonus sifatida to'laydi. Bundan tashqari “MYU” Ueyn Runini tekinga mersisaydliklar safiga borib qo'shilishiga imkon berdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar