09 dek 11:42
Yangiliklar
Futbol

Lukaku “Old Trafford”dagi 997 daqiqalik “quruq seriya”ga chek qo'ydi
APL 16-turida “Manchester Yunayted” o'z maydonida “Fulxem”ni (4:1) taslim etdi.
Mezbonlarning belgiyalik hujumchisi Romelu Lukaku jamoasining gollaridan biriga mualliflik qildi. 25 yoshli futbolchi “Old Trafford”da mart oyidan buyon ilk marta gol urib, 997 daqiqalik “quruq seriya”siga chek qo'ydi, deya xabar bermoqda Opta Sport.
Lukaku 2017 yilda “Everton”dan MYUga ko'chib o'tgandi. Joriy mavsumda u jamoasi safida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, oltita gol urdi va bitta golga hammualliflik qildi.
Havola :
Fikrlar