20 may 17:51
Yangiliklar
Futbol

Lukaku yozda "Inter"dan ketmaydi
Belgiyalik futbolchi "neradzurrilar" safida qoladi.
"Inter" forvardi Romelu Lukaku yozgi transfer oynasida klubdan ketmaslikka qaror qildi.
27 yoshli belgiyalik futbolchi milanliklar safida muvaffaqiyat qozonmoqchi, shu sabab ajoyib statistikasiga qaramasdan u o'ziga yangi klub qidirmaydi.
Futbolchi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 11ta assist qayd etdi.
Havola :
Manba : Daily Star
Fikrlar