So’nggi yangiliklar

16:49Забит Магомедшарипов укасининг мағлубияти учун Росасдан қасос олмоқчи 0 16:1711 нафар ўзбек боксчиси WBC'нинг янгиланган рейтингидан жой олди 0 15:45Дзюдочи қизларимиз Японияда машғулотларни бошлади 0 15:18"Бу 100 фоизлик коррупция". Бельгия матбуоти — Балогуннинг ЖЧдаги кечиктирилган дисквалификацияси ҳақида 0 14:43UFC чемпиони Том Аспиналл Рожер Федерер билан учрашди + ФОТО 0 14:03Боксчиларимизнинг Осиё чемпионатидаги юриши бошланди 0 13:38Деонтей Уайлдер жамоаси Усик билан жангни инкор қилмади 0 13:10Яна бир мураббий ЖЧдан сўнг истеъфога чиқди 0 12:38Нодиржон Мирзаҳмедов ва бошқалар. Тошкентдаги "AAA Promouter" турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:56Макгрегор - Холлоуэй жангини суғурталайдиган спортчи айтилди 0 11:32Мейвезер амалдаги энг яхши беш боксчини санаб берди 0 10:59Илгиз Танташевнинг ЖЧ-2026`даги тақдири маълум! 0 10:27SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026. Нодирбек ва Алиреза бир хилда очко тўплади, чемпион номини армагедон ҳал қилди 0 09:54Нурмагомедов: "Ҳеч ким Махачев рекордини янгилай олмайди" 0 09:21ACBJJ 21: Росас Магомедшариповни, "Гладиатор" эса Петросянни тўхтатди, Зубайрада мағлубият! 0

09 jan 18:49
Yangiliklar

Futbol

Lyubinko Drulovich: “Eron 20 daqiqa yaxshi o'ynadi. Xitoy bilan bahs biz uchun hal qiluvchi bo'ladi”

Teglar :  FutbolDrulovich
U-23 Osiyo chempionati 1-turidan o'rin olgan O'zbekiston va Eron o'rtasidagi o'yindan keyin terma jamoamiz bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich matbuot anjumanida o'z fikrlarini bildirdi.

“Raqiblarimiz jismonan kuchli ekan. Lekin biz yaxshi o'yin o'tkazdik. G'alabaga yaqinroq edik. Imkoniyatlardan foydalana olmadik. Keyingi uchrashuvlarda ochkolar o'rnini to'ldiramiz.

To'g'ri, Qodirqulov va Alijonov og'ir mavsum o'tkazishdi. Balki bugun ozgina o'yinga kirisha olishmagan bo'lsada, keyingi uchrashuvlarda ular o'z darajasini ko'rsata oladilar.

Eron 20 daqiqa yaxshi o'ynadi. Biz esa qolgan daqiqalarda tashabbus bilan o'ynadik. Golda oddiy xatoga yo'l qo'ydik. Oxirida esa biz bir nechta ajoyib imkoniyatlarda gol urolmadik. Mayli, biz ochko yo'qotdik. Ammo ishonchimiz saqlanib qoldi.

Osiyo chempionatida g'alaba qozonish qiyin, ayniqsa ketma-ket. Biz mana shu yo'lni bosib o'tmoqchimiz. Xitoy bilan uchrashuv biz uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. O'ylaymanki biz uni o'z darajamizda o'tkazamiz.

Guruhimiz kuchli. Ochko yo'qotishimiz mumkin emas. Janubiy Koreya favorit. Ammo biz keyingi o'yinlarda faqat 3 ochko olamiz degan umidim bor.

Men tarkibda yo'q o'yinchilar haqida gapirishni istamasdim. Biz ayni vaqtda eng yaxshilarini jalb qildik. Markazda bizda kuchli o'yinchilar etarli. Albatta, men ham katta tanlov xohlayman, biroq bizda uchrashuvda 11+3 o'yinchi ishlatish imkoni bor”, - dedi Lyubinko Drulovich.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing