15 okt 08:02
Yangiliklar
Tennis
M15 Kazan. Sergey Fomin o'zidan 443 pog'ona pastdagi raqibiga yutqazib qo'ydi
Rossiyada davom etayotgan sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnirda 1/8 final uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
Kecha tennischimiz Sergey Fomin mezbon tennischi Egor Agafonovga qarshi kortga chiqdi. 3 set davom etgan murosasiz uchrashuvda afsuski, Sergey Fomin raqibiga 6/7, 6/3, 4/6 hisobida yutqazib qo'ydi va musobaqani tark etdi. Taqqoslash uchun, hozirda Fomin ATP reytingida 714, Agafonov esa 1157-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar