04 avg 08:24
Yangiliklar
Tennis
Madrid "Masters" turniri bekor qilindi
"Masters" seriyasiga kiruvchi Mutua Madrid Open turniri koronavirus pandemiyasi sabab o'tkazilmaydigan bo'ldi.
Bu malumotni turnir tashkilotchilari rasman tasdiqlashdi va keng ommaga elon qilishdi. Madrid "Masters" turniri 14-20 sentyabr kunlari oralig'ida o'tkazilishi kerak edi.
Aslida ushbu turnir taqvim bo'yicha may oyida o'tkazilishi kerak edi. Lekin koronavirus pandemiyasi sabab sentyabrga ko'chirilgandi. Endi reja bo'yicha 31 avgust kuni "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi US Open turniri start oladi. Keyin 20-26 sentyabr kunlari Rimda musobaqa o'tkaziladi. 27 sentyabr kunidan etiboran esa "Rolan Garros" boshlanadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar