16 avg 08:05
Yangiliklar
Tennis
Maftunkor Kamila Monrealda tengsiz bo'ldi
Kanadaning Monreal shahrida o'tkazilgan National Bank Open turniri o'z yakuniga etdi.
"Premera" turkumiga kiruvchi turnirning hal qiluvchi final uchrashuvida kutilmagan natija qayd etildi. WTA reytingida 71-pog'onadan joy olib turgan italiyalik tennis malikasi Kamila Jorji sayyoramizning oltinchi raketkasi, chexiyalik Karolina Plishkovani 6/3, 7/5 hisoblarida mag'lub etishning uddasidan chiqdi.
Roppa-rosa 100 daqiqa davom etgan bahsda 29 yoshli Jorji 7 ta, Plishkova esa 4 ta eys zarbasini amalga oshiradi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida hamon chexiyalik tennischi oldinda bormoqda - 5:3. National Bank Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Jorjiga 900 reyting ochkosi hamda 221,500 dollar mukofot puli keltirdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar