15 okt 17:15
Yangiliklar
Boks/MMA
Mag'lubiyatsiz Farid Basharat UFC rosteridan chiqarildi
Britaniyalik aralash yakkakurash ustasi Farid Basharat ortiq UFC jangchisi emas.
Promoushen u bilan amaldagi shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan.
Basharat UFC’dagi debyutini 2023 yil mart oyida Deymon Blekshirga qarshi o'tkazib, hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongan.
Uning UFC’dagi so'nggi jangi iyul oyida tashkil etilgan UFC 329 turniri doirasida Jon Garzaga qarshi bo'lib o'tgandi. Basharat bu bahsda ham hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongan edi.
SHu tariqa, Farid Basharat professional faoliyatida 16 ta g'alaba va birorta ham mag'lubiyatsiz UFC rosterini tark etdi.
Havola :
Manba : VestnikMMA
Fikrlar