So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

05 avg 10:20
Yangiliklar

SHaxmat

Mag'lubiyatsiz Sindarov Saint Louis Rapid & Blitz 2026 rapid bahslarini nechanchi o'rinda yakunladi?

AQSHning Sent-Luis shahrida mukofot jamg'armasi 200 000 dollarni tashkil etuvchi, jahonning ko'zga ko'ringan 10 grossmeysteri ishtirokidagi Grand Chess Tour seriyasining navbatdagi bosqichida rapid bahslari yakunlandi.

Ushbu nufuzli turnirda hamyurtimiz Javohir Sindarov ham muvaffaqiyatli dona surmoqda. Musobaqaning uchinchi kuni rapid bo'yicha so'nggi uchta tur uchrashuvlari o'tkazildi. Bu safar ham Javohir mag'lubiyatga uchramadi. U o'tkazilgan uchta partiyada bir g'alaba va ikki durang qayd etdi. Ettinchi turda mezbonlar vakili Lener Dominges, 9-turda asosiy taqibchisi Uesli So (AQSH) bilan durang o'ynagan Sindarov 8-turda amerikalik Evonder Liangni mag'lubiyatga uchratdi. 

SHu tariqa, Javohir Sindarov rapid bahslari 11 ochko bilan ikkinchi o'rinda yakunladi. Hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha 12 ochko bilan peshqadamligini saqlab qoldi. Uesli So 10 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasadi. To'rt nafar shaxmatchi 9 ochkodan jamg'ardi. 

Bugun blic, yani tezkor shaxmat bahslari boshlanadi. Uchrashuvlar bizning vaqt bilan soat 22:00da boshlanadi. Ilk turda Javohir qora donalarda amerikalik Levon Aronyan bilan hisob-kitob qiladi. Blicda vaqt nazorati 5+2 formatida bo'ladi. Rapid va blicda jamg'arilgan ochkolar jamlanmasiga ko'ra musobaqa g'olib va sovrindorlari aniqlanadi. 

Ishtirokchilarning to'liq tarkibi: Javohir Sindarov (O'zbekiston), Fabiano Karuano, Levon Aronyan, Uesli So, Lener Dominges, Avonder Liang (barchasi AQSH), Vinsent Keymer (Germaniya), Anish Giri, Yorden van Forest (ikkisi ham Niderlandiya), Rameshbabu Praggnanandha (Hindiston).

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing