06 fev 12:47
Yangiliklar
Magnus Karlsen FIDE prezidentini istefo berishga chaqirdi
"O'yinchilarni majburlash, vakolatdan noto'g'ri foydalanish va bajarilmagan vadalar. FIDE prezidenti Dvorkovich, meni Nyu-Yorkdagi Jahon chempionatida o'ynashga ko'ndirish uchun 19 dekabr kuni otamga quyidagicha xabar yuborgansiz:
"Sizga va Magnusga shuni etkazmoqchiman: FIDE hamda Freestyle o'rtasidagi tan olinish bilan bog'liq qanday vaziyat bo'lmasin, o'yinchilarga buning hech qanday salbiy tasiri bo'lmaydi. Ular o'zlari qaror qilishlari mumkin va FIDE hech qanday salbiy chora ko'rmaydi". O'sha kuni keyinroq shunday qo'shimcha qilgansiz: "Agar mening so'zim FIDE Kengashi tomonidan buzilsa, men lavozimimdan ketaman". O'yinchilardan qabul qilib bo'lmas darajadagi shartnomaga imzo chektirish bilan siz o'z vadangizni buzdingiz. Endi istefo berasizmi?", deb yozdi Magnus ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali.
Fikrlar