30 dek 12:35
Yangiliklar

Magnus Karlsen fikridan qaytdi, u blic jahon chempionatida ishtirok etadi
Dress-kodga rioya qilishni istamagan Magnus jarimaga tortilgandi. Karlsen FIDE`ga o'ziga xos boykot sifatida jahon chempionatidagi ishtirokini davom ettirmasligini malum qilgandi.
Lekin u fikridan qaytdi va so'zini qaytarib oldi. Rapidda chempionlikdan mahrum bo'lgan norvegiyalik shaxmatchi endi blicdagi jahon chempionlik unvonini himoya qiladi. Bu haqda u “Take Take Take”ga bergan intervyusida malum qildi. Magnus FIDE prezidenti Arkadiy Dvorkovich va musobaqa bosh homiysi Timur Turlov bilan suhbatdan keyin fikrini o'zgartirgan.
"Men kamida bir kun o'ynayman. Agar hammasi joyida bo'lsa, ikkinchi kun ham qolaman. Ha, men FIDE`ga nisbatan keskin gapirdim. Lekin bu so'zlar butun boshli tashkilotga emas, u erdagi ayrim insonlar uchun edi. Bu muammoni men emas, ular keltirib chiqarishdi deb o'ylayman. Men hatto Nyu-Yorkni tark etish uchun chipta ham olgandim. Ammo otam FIDE prezidenti bilan gaplashib ko'rishim kerakligini aytdi. Dvorkovich bilan munosabatlarimiz hamisha yaxshi bo'lgan", - dedi Karlsen.
Fikrlar