24 dek 16:52
Yangiliklar
SHaxmat

Magnus Karlsen jahon chempionatidagi eng kuchli besh raqibi haqida gapirdi: ular qatorida Nodirbek Abdusattorov ham bor
Norvegiyalik shaxmatchi Magnus Karlsen Nyu-Yorkdagi rapid va blic bo'yicha JCHda favoritlar haqida gapirdi.
"Menimcha, dastlabki ikki o'rinni aniqlash oson — bu Xikaru Nakamura va Alireza Firuzja, ehtimol, ularning o'rni almashib ham ketishi mumkin. Keyingisi shubhasiz, Fabiano Karuana. Uesli So ehtimol bu formatda juda ko'p durang o'ynaydi, biroq u ilgari bu erda qatnashmagan, shuning uchun u qanday natija ko'rsatishini kuzatish qiziq bo'ladi.
Abdusattorov esa, albatta, favoritlar ro'yxatida bo'ladi. SHuningdek, men Arjun Erigaisi o'zining o'ziga xos uslubi bilan eng favorit shaxmatchilar qatoridan joy olishini aytgan bo'lardim.
Xulosa qilib aytganda, taxminim shunday: Xikaru, Alireza, Fabiano, Arjun va Nodirbek", - dedi Magnus Karslen.
Havola :
Manba : UzChess
Fikrlar