29 dek 10:12
Yangiliklar
SHaxmat
Magnus Karlsen Jahon chempionatidagi yagona mag'lubiyatini Abdusattorovdan qabul qilib oldi
Bugun Polshaning Varshava shahrida shaxmatning blic yo'nalishida jahon chempionati boshlanadi.
Kecha rapid yo'nalishida o'tkazilgan jahon chempionatining 10-partiyasida shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov amaldagi jahon toji egasi norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi oq donalarda o'ynadi. Murosasiz kechgan bahsda 17 yoshli grasstmesterimiz nomdor raqibini mag'lub etdi.
Etiborlisi, amaldagi Jahon chempioni Magnus Karlsen ushbu chempionatdagi ilk va yagona mag'lubiyatini aynan Abdusattorovdan qabul qilib oldi. Magnus 19 kun avval rossiyalik Yan Nepomnyashiyni mag'lubiyatga uchratib, shaxmat tojini o'zida saqlab kolgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar