10 dek 22:17
Yangiliklar
SHaxmat
Magnus Karlsen Nepomnyashiyni mag'lubiyatga uchratib, jahon tojini o'zida saqlab qoldi
Norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen jahon chempionligi uchun bahsning 11-partiyasida Yan Nepomnyashiyni mag'lubiyatga uchratdi.
Bahs tugashiga uch partiya qolganida norvegiyalik shaxmatchi 7,5 : 3,5 hisoblari orqali g'alabani naqd qilib qo'ydi. 11 partiya yakuniga ko'ra Karlsen 4 marotaba g'alaba qozondi va 7 ta durang qayd etildi.
Magnus Karlsen 2013 yilda Vishvanatan Anandni mag'lubiyatga uchratganidan buyon jahon chempioni hisoblanadi.
Keyin esa u Anandning o'zi, rossiyalik Sergey Karyakin va italiyalik Fabiano Karuanadan o'z unvonini himoya qilgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar