29 dek 09:27
Yangiliklar
SHaxmat
Magnus Karlsen, Nodirbek Abdusattorov va boshqa shaxmatchilar rapid turniridan qancha ishlab olgani malum bo'ldi
Kecha Samarqandda davom etayotgan shaxmat bo'yicha Jahon chempionatida rapid yo'nalishidagi bellashuvlar yakulangan edi.
Umumiy mukofot jamg'armasi 350.000 $ bo'lgan erkaklar o'rtasidagi musobaqada norvegiyalik amaldagi chempion Magnus Karlsen g'olib bo'ldi. U birinchi o'rin uchun 60.000 $ pul mukofotiga ega bo'ldi.
Ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan sloveniyalik Vladimir Fedoseev 50.000 $ hamda uchinchi pog'onadagi Xitoy vakili YU Yang Yi 40.000 $ga ega bo'ldi.
O'zbekistonlik shaxmatchilar orasida eng yaxshi natijani qayd etib, 11-o'rindan joy olgan Nodirbek Abdusattorov esa turnir orqali 5.000 $ ishlab oldi. 30-pog'onadagi hamyurtimiz Jahongir Vohidov tashkilotchilar tomonidan 1.500 $ pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar