30 dek 17:58
Yangiliklar
Magnus Karlsen rapiddan keyin blicda ham jahon chempioni bo'ldi
So'nggi 21-turda amaldagi jahon tojdori norvegiyalik Magnus Karlsen rapid bo'yicha eks-jahon chempioni Nodirbek Abdusattorovni mag'lubiyatga uchratdi va 16 ochko bilan blic, yani tezkor shaxmatda ham jahon chempioni bo'ldi.
Amerikalik Xikaru Nakamura 15 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra ikkinchi o'rinni egalladi. SHuncha ochko jamg'argan armanistonlik grossmeystr Xaik Martirosyan kuchli uchlikka yakun yasadi.
O'zbekistonlik shaxmatchilar orasidan eng yaxshi natijani Nodirbek Abdusattorov qayd etdi. Reytingi eng yuqori grossmeysterimiz dunyoning 176 shaxmatchisi orasida 13 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 19-o'rinni egalladi. 15-pog'onadagi amerikalik Fabiano Karuanada ham 13 ochko bor.
Fikrlar