So’nggi yangiliklar

20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0

03 dek 15:05
Yangiliklar

SHaxmat

Magnus Karlsen shu oy Samarqandga keladi

Xabaringiz bor, 25-31 dekabr kunlari Samarqand shahri shaxmatning rapid va blic yo'nalishlari bo'yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Kongress-markaz mezbonlik qiladigan yilning eng asosiy shaxmat musobaqasida qatnashish istagida bo'lgan shaxmatchilar, FIDE tizimidagi rahbarlar, mulozimlar, hakamlarni ro'yxatdan o'tkazish 11 dekabrgacha uzaytirildi. Besh kunlik jahon chempionati dunyoning eng kuchli grossmeysterlarini qo'hna va hamisha navqiron Samarqand shahrida jamlaydi. 

Etiborga molik jihati shundaki, Samarqandga blic va rapid bo'yicha amaldagi jahon chempioni, norvegiyalik afsonaviy shaxmatchi Magnus Karlsen ham keladi. SHuningdek, Gukesh Dommaradju (Hindiston), Vinsent Keymer (Germaniya), SHaxriyar Mamediyarov (Ozarbayjon), Yan-Kshishtof Duda (Polsha), YU Yangi (Xitoy), Levon Aronyan (AQSH), Maksim Vashe-Lagrav (Franciya), Daniil Dubov (Rossiya) singari sobiq jahon chempionlari ham O'zbekistonga kelishlarini tasdiqlashgan. 

Tabiiyki, jahon yulduzlari qatorida rapid yo'nalishida 2021 yilgi jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov Samarqanddagi nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini himoya qiladi. 

Ayollar zrtasidagi jahon chempionatida uch nafar amaldagi jahon chempionlari Samarqandga keladi: Czyuy Venczyun (Xitoy, klassik shaxmatda jahon chempioni), Tan CHjuni (Xitoy, rapid yo'nalishida jahon chempioni) va Bibisara Asaubaeva (Qozog'iston, blic yo'nalishida jahon chempioni). 

SHuningdek, sobiq jahon chempionlaridan Aleksandra Goryachkina (Rossiya), Katerina Lagno (Rossiya), Xampi Koneru (Hindiston), Xarika Dronavalli (Hindiston), Aleksandra Kostenyuk (SHveycariya) va boshqa ko'plab taniqli ayol grossmeysterlar yurtimiz mezbonligida o'tadigan jahon chempionatida dona surishadi.  


Tadbirlar ro'yxati:

25 dekabr — Jahon chempionatining ochilish marosimi

26-28 dekabr — Rapid bo'yicha turnir

29-30 dekabrya — Blic bo'yicha turnir hamda yopilish marosimi


Malumot uchun, rapid va blic bo'yicha FIDE jahon chempionati 2012 yildan beri muntazam o'tkazib kelinadi. Erkaklar o'rtasida blic va rapid yo'nalishida Magnus Karlsen amaldagi jahon chempioni hisoblanadi. Ayollarda esa Tan CHjuni (Xitoy) rapid, Bibisara Asaubaeva (Qozog'iston) esa blic yo'nalishida jahon chempioni bo'lib turibdi. 

Samarqand shahrida o'tkaziladigan Jahon chempionatining umumiy mukofot jamg'armasi 1 million AQSH dollarini tashkil etadi. Umumiy summadan 700 000 dollari erkaklar, 300 000 dollari esa ayollar o'rtasidagi musobaqa g'olib va sovrindorlari o'rtasida mukofot puli sifatida taqsimlanadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing