So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

13 may 09:18
Yangiliklar

SHaxmat

Magnus Karlsen - Superbet Poland Rapid & Blitz chempioni! Nodirbek Abdusattorov qanday natija qayd etdi?

Polsha poytaxti Varshava shahrida o'tkazilgan shaxmat bo'yicha nufuzli Superbet Poland Rapid & Blitz turniri o'z yakuniga etdi.

Mukofot jamg'armasi 175 000 AQSH dollarini tashkil etgan ushbu musobaqada dunyoning kuchli 10 nafar grossmeysteri bosh sovrin uchun bahs olib bordi. Ikki kun davom etgan rapid turnirida xitoylik Vey I 13 ochko bilan g'oliblikni qo'lga kiritgandi. O'nta turda mag'lubiyatga uchramagan Magnus Karlsen 12 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallagandi. 

Dunyo reytingida 5-o'rinni egallab turgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov esa 8 ochko jamg'arib, hindistonlik Erigaysi bilan 6-7 o'rinlarni bo'lishib olgan edi. Kecha esa turnirda blic bahslari ham yakuniga etdi. Blicning ikkinchi kuni ham xuddi birinchi kunida bo'lgani singari grossmeysterlar 9 ta turda o'zaro dona surishdi. 

Nodirbek blicning 3-turida qora donalarda o'ynashiga qaramay, jahon chempioni Magnus Karlsenni mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi. Kecha Karlsen o'sha mag'lubiyat uchun revansh olib, muvozanatni tiklab qo'ydi. Aynan mana shu muhim g'alaba Magnus musobaqa chempionligini taqdim etdi. U rapid va blic yo'nalishlari jamlanmasida 26 ochko jamg'ardi. Xitoylik Vey I esa chempiondan bor yo'g'i 0,5 ochko ortda qoldi. Kuchli uchlikka mezbonlar vakili Yan-Kshishtof Duda 19,5 ochko bilan yakun yasadi. Ikkinchi va uchinchi o'rin o'rtasidagi farq 6 ochkoni tashkil etgani etiborga molik holat.    

Nodirbek Abdusattorov blicning ikkinchi kuni nisbatan yaxshiroq o'ynadi. Agar birinchi kuni ham shunday o'yin ko'rsatganida aniq sovrindorlar safidan joy olardi. Yosh jahon chempionimiz 17,5 ochko bilan 6-o'rinni egalladi. Blic yo'nalishida esa u 9,5 ochko bilan 5-o'rinni band etdi.  

Ishtirokchilar: Magnus Karlsen (Norvegiya, rapid 2828/blic 2886), Vey I (Xitoy, 2758/2684), Yan-Kshishtof Duda (Polsha, 2748/2766), Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston, 2733/2661), Rameshbabu Pragnanandha (Hindiston, 2704/2675), Anish Giri (Niderlandiya, 2687/2715), Arjun Erigaysi (Hindiston, 2671/2744), Dommaradju Gukesh (Hindiston, 2649/2651), Vinsent Kaymer (Germaniya, 2647/2610), Kirill SHevchenko (Ruminiya, 2622/2546).

Superbet Poland Rapid & Blitz yakuniy jadvali:

Rapid. 1. Vey I – 13; 2. Karlsen – 12; 3. Pragnanandxa – 10; 4-5. SHevchenko, Duda – 9; 6-7. Erigaysi, Abdusattorov – 8; 8-10. Kaymer, Gukesh, Giri – 7.

Blic. 1. Karlsen – 14; 2. Vey I – 12,5; 3. Duda – 10,5; 4. Erigaysi – 10; 5. Abdusattorov – 9,5; 6. Pragnanandxa – 9; 7. Giri – 7; 8-9. SHevchenko, Kaymer – 6; 10. Gukesh – 5,5.

Umumiy jadval. 1. Karlsen – 26; 2. Vey I – 25,5; 3. Duda – 19,5; 4. Pragnanandxa – 19; 5. Erigaysi – 18; 6. Abdusattorov – 17,5; 7. SHevchenko – 15; 8. Giri – 14; 9. Kaymer – 13; 10. Gukesh – 12,5.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing