20 jan 11:00
Yangiliklar
SHaxmat
Magnus Karlsenni mag'lub etgan Nodirbek bugun kimga qarshi o'ynaydi?
Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli "Tata Steel Chess-2023" turniri davom etmoqda.
Kecha "Masters" guruhida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 5-tur doirasida norvegiyalik Magnus Karlsenni mag'lubiyatga uchratdi va guruhda 4 ochko bilan peshqadamga aylanib oldi.
U bugun 6-tur uchrashuvida hindistonlik Pragnanandaga qarshi dona suradi. Hamyurtimiz ushbu bahsda oq donalarda harakat qiladi.
"CHellenjer" guruhida ishtirok etayotgan yana bir hamyurtimiz Javohir Sindarov esa 6-turni braziliyalik Luis Paulo Supiga qarshi o'tkazadi. Javohir 5 ta o'yindan so'ng 3,5 ochko jamg'argan va guruhda 2-o'rinni egallab turibdi.
Bahslar Toshkent vaqti bilan soat 18:15 da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar