12 iyu 14:43
Yangiliklar
Magnus Karlsenni mag'lub etgan o'zbeklar soni bittaga ko'paydi
Kechagi kun doirasida biz uchun ahamiyatli partiya o'ynaldi. To'rtinchi turda hamyurtimiz Jahongir Vohidov rapid va blic yo'nalishida amaldagi jahon chempioni, reyting peshqadami Magnus Karlsenni mag'lub etishni uddaladi. Partiyadan ko'rinib turibdiki, Jahongir hatto Karlsenga mot qo'yishga ham muvaffaq bo'lgan.
Darvoqe, bir muddat avval yana bir istedodli shaxmatchimiz Muhiddin Madaminov ham Magnus Karlsenni mag'lubiyatga uchratgandi. Har ikki shaxmatchimiz ham ayni paytda poytaxtimiz mezbonligida o'tayotgan nufuzli "Uzchess Cup 2024" turnirida ishtirok etyapti.
Malumot uchun, "Titled Tuesday" musobaqasi onlayn turnir bo'lib, undagi ochkolar rasmiy reytingga kiritilmaydi. Onlayn reytingga kiritiladi, xolos. Bu asosan mashq va dam olish uchun o'ynaladigan onlayn turnir hisoblanadi.
Fikrlar