14 iyu 10:52
Yangiliklar

Magnus Karlsenni mag'lub etgan shaxmatchilarimiz yana bittaga ko'paydi
Kecha oqshom o'tkazilgan turnirda bir necha nafar shaxmatchilarimiz ham ishtirok etishdi. Ular orasida 18 yoshli Islombek Sindarov qora donalarda o'ynaganiga qaramay, jahon tojdori, norvegiyalik shaxmat afsonasi Magnus Karlsenni mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi. Islombek Javohir Sindarovning ukasi hisoblanadi. Karlsen aka-ukalardan qabul qilib olgan mag'lubiyatini eslab yuradigan bo'ldi.
Magnus turnir yakuniga ko'ra 11 imkoniyatdan 5,5 ochko jamg'arib, qo'shimcha koeficentlarga ko'ra 56-pog'onadan joy oldi. Islombek Sindarov 6,5 ochko bilan 28-o'rinni egalladi. Hamyurtlarimizdan Javohir Bozorov va Saidakbar Saydaliev 7 ochkodan jamg'arib, mos ravishda 23 va 25-pog'onalardan joy olishdi.
Rossiyalik grossmeyster Denis Lazavik 11 imkoniyatdan 9 ochko jamg'arib, musobaqa g'olibi va shu bilan birga ming AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotiga ega bo'ldi. To'qqiztadan ochko to'plagan Eytan Rozen va Marko Materia qo'shimcha koeficentlarga ko'ra kuchli uchlikni yakunlab berishdi.
Fikrlar