03 mar 18:18
Yangiliklar

Magnus Karlsenning mashhur jinsi shimi aukcionda sotildi + FOTO
Bu mablag' xayriya tashkilotiga yo'naltiriladi.
Magnus Karlsenning 2024 yilgi rapid bo'yicha jahon chempionatida kiygan mashhur jinsi shimi aukcionda 36 100 dollarga sotildi. O'n kun davom etgan qizg'in savdolarda nomalum xaridor Karlsenning 32-o'lchamli Corneliani brendiga tegishli jinsi shimini qo'lga kiritdi.
27 fevraldan beri eng yuqori taklif 14 100 dollar bo'lib turgan edi, lekin aukcionning so'nggi soatlarida tezkor takliflar berilib, narx keskin oshdi. SHimning sotuvidan tushgan mablag' Big Brothers Big Sisters of America (BBBSA) tashkilotiga xayriya qilinadi. BBBSA rahbari Artis Stivens bu mablag' yosh avlodni qo'llab-quvvatlash uchun sarflanishini aytdi.
Havola :
Fikrlar