20 fev 16:52
Yangiliklar
SHaxmat

Magnus Karlsenning o'sha mashhur shimi kimoshdi savdosiga qo'yildi
Norvegiyalik shaxmat yulduzi Magnus Karlsen jahon chempionatida mojaroga sabab bo'lgan djinsi shimini kimoshdi savdosiga qo'ydi.
Nyu-Yorkdagi jahon chempionati vaqtida Magnus dress-kodga amal qilmay, djinsi shim kiygandi va 200 dollar jarimaga tortilgandi. U shimini almashtirishni istamay, musobaqadan chiqib ketgandi.
"Taqiqlangan shim" endi sizniki bo'lishi mumkin, men uni kimoshdi savdosiga qo'yaman. Xech qachon bunday qilaman deb o'ylamagandim. Ammo shunga etib keldik", - deb yozdi Karlsen.
SHimning boshlang'ich narxi 7600 dollarni tashkil etadi.
Magnusning malum qilishicha, sotuvdan tushgan pul xayriya yo'lida sarflanadi.
Havola :
Fikrlar