17 apr 11:32
Yangiliklar
Parij-2024
Makron Olimpiada uchun Franciya oldiga qo'yilgan vazifa haqida gapirdi
Franciya prezidenti Emmanuel Makron mamlakat olimpiya va paralimpiya terma jamoalari oldiga qo'yilgan maqsadni ochiqladi.
Mamlakat rahbarining aytishicha, Franciya medallar jamg'armasi bo'yicha to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasida kuchli beshlikdan joy olishi shart
"Franciya Olimpiada medallar jamg'armasi bo'yicha Top-5`dan olishi lozim. Paralimpiyachilarimiz esa dunyoning kuchli sakkiz davlati jamoalari safiga kirishi kerak", — deya Makronning so'zlarini keltirmoqda RMC Sport.
Eslatib o'tamiz, Parij-2024 Olimpiya o'yinlari 26 iyul kuni boshlanib, 11 avgustda yakuniga etadi. Paralimpiya o'yinlari esa 28 avgust - 8 sentyabr kunlari oralig'ida bo'lib o'tadi. Tokio Olimpiadasida Franciya terma jamoasi medallar jamg'arish bo'yicha 8-o'rinni egallagandi. O'shanda AQSH birinchi bo'lgan edi.
Havola :
Fikrlar