So’nggi yangiliklar

19:01WBA рейтинги ҳам янгиланди: икки боксчимиз ўз вазнида етакчи 0 18:30Расман. Санжар Зокировнинг кейинги рақиби чеченистонлик жангчи бўлади 0 17:43WBO рейтинги янгиланди: 5 нафар боксчимиз ТОП-15'да қайд этилди 0 17:22Блаттер Балогун ҳақида: "ФИФА, қаёққа қараб кетяпсан?" 0 16:49Забит Магомедшарипов укасининг мағлубияти учун Росасдан қасос олмоқчи 0 16:1711 нафар ўзбек боксчиси WBC'нинг янгиланган рейтингидан жой олди 0 15:45Дзюдочи қизларимиз Японияда машғулотларни бошлади 0 15:18"Бу 100 фоизлик коррупция". Бельгия матбуоти — Балогуннинг ЖЧдаги кечиктирилган дисквалификацияси ҳақида 0 14:43UFC чемпиони Том Аспиналл Рожер Федерер билан учрашди + ФОТО 0 14:03Боксчиларимизнинг Осиё чемпионатидаги юриши бошланди 0 13:38Деонтей Уайлдер жамоаси Усик билан жангни инкор қилмади 0 13:10Яна бир мураббий ЖЧдан сўнг истеъфога чиқди 0 12:38Нодиржон Мирзаҳмедов ва бошқалар. Тошкентдаги "AAA Promouter" турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:56Макгрегор - Холлоуэй жангини суғурталайдиган спортчи айтилди 0 11:32Мейвезер амалдаги энг яхши беш боксчини санаб берди 0

16 iyu 16:38
Yangiliklar

Futbol

Maktab-internatlarda futbol yo'nalishlarini qayta tashkil etish rejalashtirilmoqda

Teglar :  FutbolInternatRUOR
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan vazirlik tasarrufidagi talim muassasalari faoliyati samaradorligi doimiy tarzda o'rganilib, tahlil qilib borilmoqda.

Xususan, bu jarayonda soha mutaxassislari va keng jamoatchilik vakillarining taklif va mulohazalariga alohida ahamiyat berib boriladi.

O'tgan bir yil mobaynida yani vazirlik tizimidagi futbol bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarning olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlariga o'zgartirilganidan so'ng ushbu muassasalarda futbol yo'nalishlari tashkil etilmagani yuzasidan murabbiylar, sportchi-yoshlar, ularning ota-onalari, jurnalistlar tomonidan etirozlar bildirildi.

O'tkazilgan o'rganishlar jarayonida ancha yillar mobaynida futbolchilar tayyorlab kelgan ushbu muassasalar joylashgan hududlarda boshqa sport turlariga qaraganda futbolga qiziquvchi yoshlar soni ko'pligi, trener o'qituvchilar etarli ekanligi va shug'ullanish uchun zarur shart-sharoitlar mavjudligi malum bo'ldi. Muassasalarda faoliyat ko'rsatayotgan ayrim sport yo'nalishlari bo'yicha esa shug'ullanish uchun zarur shart-sharoit yo'qligi, mutaxassislar etishmasligi kuzatilmoqda.

SHuningdek, futbol maydonlari mavjud, malakali mutaxassislarga ega, doimiy tarzda O'zbekiston terma jamoasi uchun futbolchilar, oliy talim muassasalariga professional sportchi-abiturientlar etkazib berib kelgan ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlaridagi futbol bo'limlari qisqartirilishi ham haqli etirozlarga sabab bo'ldi.

O'zbekiston futbol associaciyasi Ijroiya qo'mitasi yig'ilishida so'zga chiqqan Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev vazirlik tomonidan O'zbekiston futbol associaciyasi bilan birgalikda mazkur masala o'rganib chiqilishi, yangi o'quv yilidan boshlab ushbu muassasalarga futbol yo'nalishi bo'yicha o'quvchilar qabul qilish maqsadida tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni o'zgartirish bo'yicha Hukumatga taklif kiritish rejalashtirilganini malum qildi.

Buning uchun, albatta, avvalo associaciya bilan hamkorlikda har bir muassasa kesimida mavjud shart-sharoitlar, mutaxassislar bilan taminlanganlik darajasi, trener-o'qituvchilarning malakasi va mavjud ehtiyoj o'rganib chiqiladi.

 Vazir, shuningdek, yurtimiz yoshlari o'rtasida futbolni keng ommalashtirish masalasiga ham to'xtaldi.

— Yurtimizda eng ommaviy sport turi bu shubhasiz millionlar o'yini futbol hisoblanadi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda yoshlarimizning futbolga bo'lgan qiziqishidan unumli foydalanishimiz, ularga zarur shart-sharoitlar yaratishimiz lozim. Kelgusida associaciya bilan hamkorlikda hududlarda ommaviy futbol musobaqalari tashkil etishni rejalashtirganmiz. Bu esa o'z navbatida yoshlarimiz orasidan eng iqtidorlilarni tanlab olish (selekciya) imkonini beradi, – dedi D.Nabiev.

O'z navbatida vazirlik tizimidagi talim muassasalarida olimpiya va milliy sport turlaridan yo'nalishlar sonini ko'paytirish, buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, malakali mutaxassislar bilan taminlash bo'yicha rejali ishlar Milliy olimpiya qo'mitasi, tegishli federaciya (associaciya)lar bilan hamkorlikda davom ettiriladi.

Malumot uchun, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 martdagi PQ-3610-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 iyundagi 410-sonli qarori bilan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi 29 ta futbol bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatidan 14 tasi negizida O'zbekiston futbol associaciyasi huzurida bolalar-o'smirlar futbol akademiyalari tashkil etilgan va qolgan 15 tasi esa Olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari etib qayta ixtisoslashtirilgan edi. SHuningdek, 2018 yildan boshlab respublikamizda faoliyat ko'rsatib kelayotgan 15 ta ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlaridagi futbol bo'limlari qisqartirilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing