05 iyu 15:02
Yangiliklar
Futbol

"Manchester Siti" yana bir transferni amalga oshirish arafasida
Joau Kanseluning "Manchester Siti"ga o'tishi deyarli aniq bo'lib ulgurdi.
Jurnalist Dunkan Kastlsning xabar berishicha, "Yuventus" va "Manchester Siti" o'rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli o'tmoqda. Bitim tez orada imzolanadi. Turin klubi o'z o'yinchisini sotishdan va daromad olishdan mamnun. "SHaharliklar" "Yuventus"ga 60 million evro to'lashlari kutilmoqda. 25 yoshli o'yinchi 2018/19 yilgi mavsum "Yuve" libosida 34ta bahsda maydonga tushib, 1ta gol va 8ta assistga erishgan.
Eslatib o'tamiz, Kanselu "Yuventus"dan oldin "Benfika", "Valensiya" va "Inter" klublarida o'ynagan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar