29 dek 07:11
Yangiliklar
Futbol

"Manchester Yunayted" "Byornli" maydonidan g'alaba bilan qaytdi
Angliya Premer ligasining 20-turidan o'rin olgan uchrashuvda "Manchester Yunayted" muhim g'alabaga erishdi.
"Byornli" maydoniga safar uyushtirgan "Qizil iblislar" 2:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytishdi. Uchrashuv taqdirini ikkala bo'lim so'nggida Antoni Marsyal va Markus Reshford tomonidan kiritilgan gollar hal qildi.
Byornli – Manchester Yunayted 0:2 (0:1)
“Terf Mur” stadioni
Gollar: 0:1 – 44 Marsyal, 0:2 – 90 Reshford.
Byornli – Poup, Mi, Teylor, Bardsli, Tarkovski, Kork (Breydi, 87), Vestvud, Xendrik (Rodriges, 59), Maknil, Vud, Barns (Gudmundsson, 68).
Manchester Yunayted – De Xea, Uilyams, Yang, Lindelef, Maguayr, Pereyra (Lingard, 73), Matich, Jeyms, Fred, Marsyal, Reshford.
Ogohlantirishlar: Bardsli (23), Mi (61), Teylor (71), Maknil (89), Uilyams (90), Lingard (90), Fred (90).
Havola :
Fikrlar