02 dek 12:59
Yangiliklar
Futbol

“Manchester Yunayted” so'nggi 31 yildagi eng yomon natijasini qayd etmoqda
“Manchester Yunayted” APL 14-turi doirasida “Aston Villa” bilan 2:2 hisobida durang qayd etdi.
14-turdan so'ng mankunianlar 18 ochko jamg'ardi. Bu esa jamoaning 1988/89 yilgi mavsumdan beri eng yomon natijasidir. O'shanda ham jamoa 14-turdan so'ng 18 ochko to'plagandi. Mavsum yakunida esa 11-o'rinni egallagan.
Ayni damda esa “Manchester Yunayted” musobaqa jadvalida 9-o'rindan joy olib turibdi.
Havola :
Fikrlar