31 avg 13:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Mangu 5 turniri uchun yana bir qiziqarli jang tasdiqlandi + POSTER
Xabaringiz bor, 26 sentyabr kuni poytaxtimizdagi "Humo Arena" majmuasida Mangu Professional League tomonidan hisob bo'yicha beshinchi turnir tashkil etiladi.
Liga rahbariyati Mangu 5 turniri kardidan o'rin olgan navbatdagi qiziqarli jangni elon qildi. Bazasi muay-tay bo'lgan taniqli aralash yakkakurash ustamiz Mavlud Tifiev (5-1-0) xitoylik Jun In (10-5-0)ga qarshi oktagonga chiqadi. Ushbu jang yarim engil (65,8 kg) vazn toifasda o'tkaziladi.
Malumot uchun, Mavlud Tifiev faoliyati davomida 5 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etgan. Jun In hisobida esa 10 g'alaba va 5 mag'lubiyat bor.
Eslatib o'tamiz, Tifiev Mangu 2 turnirida ozarbayjonlik Jeyxun Asadlini ikkinchi raundda nokautga uchratgan edi. Mavludning o'sha g'alabasi "Kechaning eng yaxshi nokauti" bonusiga loyiq ko'rilgandi.

Havola :
Fikrlar