23 okt 12:17
Yangiliklar
Tennis
Marin CHilich Moskvadagi musobaqaning yarim finaliga chiqdi
Xorvatiyalik tennischi Marin CHilich Moskvadagi turnirning 1/4 finalida ispaniyalik Pedro Martinesga qarshi kortga chiqdi.
Bir soatu 3 daqiqa davom etgan uchrashuvda jahonning 41-raketkasi 33 yoshli Marin ATP reytingida 60-o'rinni egallab turgan 24 yoshli Pedroni 6/1, 6/2 hisoblarida mag'lub etdi. Tennischilar ilgari bir-birlari bilan to'qnash kelishmagandi.
«VTB Kreml Kubogi»ning yarim finalida CHilich litvalik Rikardas Berankisga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar