27 sen 11:34
Yangiliklar
Tennis
Kei Nishikori o'z vatanidagi turnirdagi yurishini boshladi
Dunyoning roppa-rosa 200-raketkasi bo'lib turgan Kei Nishikori Tokiodagi ATP 500 toifasiga kiruvchi turnirda o'z omadini sinab ko'rmoqda.
Yaponiyalik tajribali tennischi ilk davrada ATP reytingida 212-pog'onadan joy olgan xorvatiyalik Marin CHilichni 6/4, 3/6, 6/3 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Kei oldinda bormoqda - 10:6! So'nggi bor ular bundan olti yil avval kortda to'qnash kelishgandi.
Ikki soatu olti daqiqa davom etgan bahsda Nishikori 7, CHilich 9 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Breyklar bo'yicha ustunlik Kunchiqar yurt vakili tomonida bo'ldi - 3 ga 1. Endi Nishikori avstraliyalik Jordan Tompsonga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar