29 iyu 15:54
Yangiliklar
ATP reytingi. Sultonov 29, Belozercev 20 pog'onaga yuqoriladi
Quvonarlisi, asta-sekin avvalgi sport formasiga qaytayotgan mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Humoyun Sultonov 29 pog'onaga yuqorilab, 603-o'ringa joylashdi. U o'z hisobiga 4 reyting ochkosi qo'shib olgan. Birinchi raketkamiz Sergey Fomin aksincha, 3 o'ringa pastladi.
Uchinchi raqamli tennischimiz, Ukrainadan mahalliylashtirilgan 17 yoshli Nikita Belozercev 3 ochko evaziga 20 o'ringa ko'tarilib oldi. Ilya Ignatov ham 8 o'ringa yuqoriladi. Afsuski, Maksim SHin bu hafta 64, Amir Milushev 8 o'ringa pastladi.
Dunyo tennischilarining Top-10`taligida hech qanday o'zgarish kuzatilmadi. Jahonning birinchi raketkasi Yannik Sinner juda katta farq bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda. Uning hisobida 13 450 ochko bor. Ikkinchi raketka Karlos Alkaras esa 9460 reyting ochkosi bilan ikkinchi o'rinni saqlab qoldi.
ATP reytingi. 29 iyun holatiga ko'ra Top-10:
1. (1) Yannik Sinner (Italiya) — 13450 ochko
2. (2) Karlos Alkaras (Ispaniya) — 9460
3. (3) Aleksandr Zverev (Germaniya) — 7190
4. (4) Feliks Oje‑Alyassim (Kanada) — 4390
5. (5) Ben SHelton (AQSH) — 4160
6. (6) Aleks de Minaur (Avstraliya) — 4110
7. (7) Teylor Fric (AQSH) — 3765
8. (8) Novak Jokovich (Serbiya) — 3760
9. (9) Daniil Medvedev (Rossiya) — 3580
10. (10) Flavio Kobolli (Italiya) — 3460...
O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:
299 (296). Sergey Fomin — 181
603 (632). Humoyun Sultonov — 61 (+4)
745 (765). Nikita Belozercev — 42 (+3)
1206 (1142). Maksim SHin — 10 (-2)
1508T (1500T). Amir Milushev — 4 (-2)
1967T (1973T). Ilya Ignatov — 1

Fikrlar