So’nggi yangiliklar

19:06Руслан Нурудинов, Акбар Жўраев бош оғир атлетикачиларимиз Туркияга жўнаб кетди 0 18:38ATP рейтинги. Султонов 107, яна бир теннисчимиз 57 поғонага юқорилади 0 18:15"Навбаҳор" Ўзбекистон МТЖ аъзоси билан шартнома имзолади 0 17:42Том Аспиналл навбатдаги жангини ўтказишга тайёрлигини билдирди 0 17:07Крикетчиларимиз Қобулда Афғонистон билан ўртоқлик ўйини ўтказишди 0 16:39Конор Макгрегор: "Шайтон юзимга тик қараб тургандай" 0 16:13Муҳаммад Салоҳнинг эҳтимолий янги клуби маълум бўлди 0 15:44Умар Кремлёв: "Биволга трилогия учун икки баробар кўп пул таклиф қилдик, лекин..." 0 15:18Кудерметова ва Тимофеева Афинадаги WTA 250 турнирида иштирок этади 0 14:53Ўзбекистонлик пойгачи Италиядаги мусобақада муваффақият қозонди 0 14:26Чемпионликни кўзлаган “Пахтакор” май ойидан бери маошсиз 0 13:54Макс Холлоуэй Конор Макгрегорга мурожаат қилди 0 13:30Тахмина Икромова Жаҳон кубогида иккита медаль қўлга киритди 0 12:59Илк марта уйғур спортчиси UFC билан шартнома имзолади + ФОТО 0 12:28Расмий: Диего Форлан — Уругвай терма жамоаси бош мураббийи! 0

13 iyu 18:38
Yangiliklar

Tennis

ATP reytingi. Sultonov 107, yana bir tennischimiz 57 pog'onaga yuqoriladi

Professional tennischilar Associaciyasi (ATP) haftalik yangi reytingni elon qildi.

Quvonarlisi, mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Humoyun Sultonov 107 pog'onaga yuqorilab, 496-o'ringa joylashdi. U o'z hisobiga 28 reyting ochkosi qo'shib olgan. Birinchi raketkamiz Sergey Fomin 2 o'ringa ko'tarildi. Ilya Ignatov ham yangilangan reytingda sezilarli darajada ko'tarilishga muvaffaq bo'ldi. U 57 pog'onaga o'z o'rnini yaxshilab olgan. 

Afsuski, Amir Milushev 287 o'rin quyiga tushib ketdi. Uchinchi raqamli tennischimiz Nikita Belozercev 1, Maksim SHin esa 5 pog'onaga pastlagan. Ayni paytda ATP reytingida o'zbekistonlik 6 nafar tennischi bor. 

Dunyo tennischilarining Top-10`taligida bir nechta o'zgarish kuzatildi. Jahonning birinchi raketkasi Yannik Sinner Uimbldon chempionligi himoyasi evaziga o'z hisobiga qimmatli 2000 reyting ochkosi qo'shib oldi. Hozirda uning hisobida 13 450 ochko bor. Finalda Sinnerga yutqazgan germaniyalik Aleksandr Zverev dunyoning ikkinchi raketkasiga aylandi. O'tgan yilgi final Karlos Alkaras jarohati sabab musobaqada qatnashmadi va tabiiyki, yo'qotilgan ballar evaziga 3-o'ringa tushdi. 

Avstraliyalik Aleks de Minaur, serbiyalik Novak Jokovich, rossiyalik Daniil Medvedev va italiyalik Flavio Kobolli bir pog'onaga yuqoriladi. 


ATP reytingi. 13 iyul holatiga ko'ra Top-10:

1 (1). Yannik Sinner (Italiya) — 13450 ochko.

2 (3). Aleksandr Zverev (Germaniya) — 8480.

3 (2). Karlos Alkaras (Ispaniya) — 8160.

4 (4). Feliks Oje-Alyassim (Kanada) — 4740.

5 (6). Aleks de Minaur (Avstraliya) — 4110.

6 (5). Ben SHelton (AQSH) — 3770.

7 (8). Novak Jokovich (Serbiya) — 3760.

8 (9). Daniil Medvedev (Rossiya) — 3670.

9 (10). Flavio Kobolli (Italiya) — 3460.

10 (7). Teylor Fric (AQSH) — 3365…


O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:

297 (295). Sergey Fomin — 181 

496 (603). Humoyun Sultonov — 89 (+28) 

746 (745). Nikita Belozercev — 42   

1211 (1206). Maksim SHin — 10  

1795T (1508T). Amir Milushev — 2 (-2)

1910T (1967T). Ilya Ignatov — 1

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing