04 okt 17:58
Yangiliklar
Futbol

Mariu hamda Kin PSJ uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi
PSJ yaqin vaqtlar ichida tarkibiga bir necha futbolchilarni qo'shib olishga yaqin turibdi.
"L’Equipe" xabariga ko'ra, parijliklar "Inter" bilan Joau Mariu transferi borasida kelishuvga erishgan. Portugaliyalik yaqin vaqtlar ichida PSJ uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Franciya matbuotining oldinroq bergan malumotiga tayansak, PSJ "Everton" hujumchisi Moyze Kin bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Iqtidorli forvard yaqin soatlar ichida PSJ uchun tibbiy ko'rikdan o'tib, shartnomaga qo'l qo'yishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : L’Equipe
Fikrlar