15 avg 09:21
Yangiliklar
Tennis
Mariya SHarapova ikkinchi uchrashuvini ikkinchi raketkaga qarshi o'tkazdi
Rossiyalik tennis malikasi Mariya SHarapova Cincinnati turnirining ikkinchi davra uchrashuvida kortga chiqdi.
WTA reytingida 97-pog'onadan joy olgan SHarapovaning raqibasi dunyoning ikkinchi raketkasi avstraliyalik Eshli Barti bo'ldi. Bir soatu 27 daqiqa davom etgan bahsda 32 yoshli SHarapova kuchli raqibasiga 4/6, 1/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Ikki tennischining o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tiklandi - 2:2. Endi Eshli Barti Western & Southern Open turnirining 1/8 finalida estoniyalik Anett Kontaveytga qarshi kortga chiqadi. Anett ikkinchi davrada polshalik Iga Svyontekdan ustun keldi - 6/4, 7/6(2).
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar