31 avg 10:13
Yangiliklar
Tennis

Mariya SHarapova US Open turnirining uchinchi bosqichiga chiqdi
Rossiyalik tennis malikasi Mariya SHarapova “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi yilning so'nggi turniri - US Open musbaqasining uchinchi davrasiga yo'l oldi.
SHarapova 2 soatu 19 daqiqa davom etgan ikkinchi davra uchrashuvida vengriyalik Timea Baboshni 6:7, 6:4, 6:1 hisobida mag'lub etdi. Mariya 12ta eys zarbani amalga oshirdi.
Mariya sovrin jamg'armasi
24 million 193 ming 400 dollarni tashkil qiluvchi
musobaqaning ilk davrasida dunyoning ikkinchi raketkasi, ruminiyalik Simona Xalepdan ustun kelgandi.
SHarapova keyingi bosqichda amerikalik 18 yoshli tennischi Sofiya Keninga qarshi
kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar