27 noy 10:14
Yangiliklar
Tennis

Marrey Tvitter orqali Tramp bilan hazillashdi
Britaniyalik tennischi Endi Marrey Tvitterda AQSH Prezidenti Donald Trampga hazil qildi.
Bundan bir necha kun oldin Tramp quyidagicha tvit qoldirgandi: "Menga "Taym" jurnalidan qo'ng'iroq qilib, o'tgan yilgidek "Yil odami" bo'lishim mumkinligini, lekin buning uchun intervyu va fotosessiyaga rozilik berishim kerakligini aytishdi. Men esa bunga rozi bo'lmadim. Lekin, baribir rahmat!".
Oradan vaqt o'tib, Endi Marrey ham o'z tvitteri orqali quyidagicha xabar qoldirdi: "Menga BBCdan qo'ng'iroq qilib, o'tgan yilgidek "Yil sportchisi" bo'lishim mumkinligini, lekin buning uchun intervyu va fotosessiyaga rozilik berishim kerakligini aytishdi. Men esa bunga rozi bo'lmadim. Lekin, baribir rahmat!".
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar