11 avg 14:24
Yangiliklar
Tennis

Marrey yana bir hafta ATP reytingi etakchisi bo'lib qoladi
Britaniyalik tennischi Endi Marrey ATR reytingidagi etakchiligini saqlab qoladigan bo'ldi.
Ispaniyalik Rafael Nadal Monrealdagi "Masters"da mag'lubiyatga uchraganidan so'ng reytingda birinchi o'ringa chiqib olish imkoniyatini qo'ldan boy berdi.
Endi Cincinnatidagi turnirda Nadal va Federer reytingda birinchi bo'lish uchun kurash olib boradilar. Marrey ushbu turnirda ishtirok eta olmaydi.
Takidlab o'tish lozimki, Endi Marrey ketma-ket 41-hafta reytingda peshqadamlikni bermay kelmoqda. U ushbu ko'rsatkich bo'yicha tarixda 14-o'rinda turibdi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar