10 avg 11:46
Yangiliklar
Tennis

Marreyning birinchi raketka maqomini boy berishi aniq bo'ldi
Yaqin bir yarim hafta ichida erkak tennischilarning dunyo reytingida birinchi raketka nomi o'zgaradi.
Ayni paytda ushbu reytingni boshqarib kelayotgan britaniyalik Endi Marreyning o'z o'rnini yaqin kunlarda bo'shatib berishi rasman tasdiqlandi. Bunga Endining jarohati sabab Cincinnati turnirida ishtirok eta olmasligi zamin yaratdi.
Uzog'i bilan 21
avgust kuni dunyo reytingi yangi qirolga ega bo'ladi. Yoki ispaniyalik Rafael
Nadal yoxud shveycariyalik Rojer Federer Marreyning o'rnini egallashadi. Agar
Nadal Monrealdagi turnirda kamida yarim finalga etib borsa, 14 avgust kuniyoq u yangi
karvonboshiga aylanadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar