13 dek 10:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Mashhur murabbiy Isroil Madrimovning jangi bekor qilinganiga munosabat bildirdi
Ukrainalik bokschi Sergey Bogachukning (24-2, 23 KO) murabbiyi Menni Robles o'zbekistonlik sobiq Jahon chempioni Isroil Madrimovning (10-1-1, 7 KO) shogirdiga qarshi jangi bekor bo'lgani haqida gapirdi.
"Men xafaman. Biz Madrimovga qarshi jang uchun navbatda turgandik. Men Bogachuk va uning butun jamoasini Gvadalaxaraga olib keldim. Bu ajoyib edi. Biz yaxshi yig'in o'tkazib, Madrimov bilan jangni intiqlik bilan kutgandik. U jangdan bosh tortganini bildim. U kasal bo'lib qolibdi. Nima ham qila olardik? O'zi shunday bo'lishini hayolimdan o'tkazgandim. Tashkilotchilar u jangdan chiqib ketgan kuniyoq sehrli tarzda bizga yana bir raqib topishdi. Men buni tarsaki tushirishdek qabul qildim. Menimcha, Sergey Bogachuk bunday muomalaga loyiq emasdi." dedi Robles.
Malumot o'rnida, Menni Robles Sergey Bogachuk bilan bir qatorda meksikalik mashhur Endi Ruisning ham murabbiyi hisoblanadi.
Havola :
Manba : ua.tribuna.com
Fikrlar