05 noy 15:46
Yangiliklar
SHaxmat
Matonatli shaxmatchimiz CHernogoriyada sovrindor bo'ldi
CHernogoriyaning Podgorica shahrida shaxmat bo'yicha ko'zi ojiz va ko'rish qobiliyati zaif sportchilar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tdi.
Beshta qitadan yig'ilgan iroda va matonat sohibi bo'lgan shaxmatchilar o'rtasidagi murosasiz bahslarda O'zbekiston terma jamoa azosi Ahadxon Kimsanboev 2-o'rinni egalladi.
"International Blind Sports Federation" tashkiloti CHernogoriya paralimpiya qo'mitasi hamkorligida tashkil etilgan jahon chempionatida kumush medalni qo'lga kiritgan Ahadxon Kimsanboevning sovrindorligi sharafiga O'zbekiston bayrog'i ko'tarildi.
Havola :
Manba : uza.uz
Fikrlar