03 may 12:14
Yangiliklar
May oyi uchun FIDE reytingi elon qilindi
Nodirbek Abdusattorov to'rtinchi o'rinda qayd etilgan bo'lsa, "Nomzodlar turniri" g'olibi, amaldagi Jahon kubogi sohibi Javohir Sindarov 5-o'ringa ko'tarildi. Norvegiyalik Magnus Karlsen katta farq bilan jahon reytingi peshqadami bo'lib turibdi. Kuchli uchlikdan amerikalik shaxmatchilar Hikaru Nakamura va Fabiano Karuana joy olgan.
Uzoq muddatli tanaffusdan so'ng 17-Jahon chempioni Ding Li Ren reytingga qaytarildi. U 2025 yil davomida birorta ham klassik (FIDE reytingiga kiradigan) partiya o'ynamadi va bir nechta kuchli turnir takliflarini rad etdi. Natijada, Gukesh Dommaradju bilan kechgan og'ir bahsdan bir yil o'tib, 2025 yil dekabrida FIDE uni "noaktiv o'yinchi" sifatida rasmiy reytingdan chiqarib tashlagan edi.
Endi esa, 2026 yil aprel oyida u Xitoy jamoaviy chempionatida ishtirok etib, yana klassik shaxmatga qaytdi va reytingda qayta paydo bo'ldi.

Fikrlar