20 fev 13:13
Yangiliklar
Futbol

Mbappe Albaga: "Men ko'chada seni o'ldiraman"
ECHL 1/8 final doirasidagi "Barselona" - PSJ (1:4) o'yinida kelishmovchilik sodir bo'ldi.
To'qnashuvda parijliklar hujumchisi Kilian Mbappe va "Barselona" o'yinchilari Xordi Alba, Serjino Dest va Jerar Pike ishtirok etdi. Ularning so'zlarini esa Movistar+ telekanali efirga uzatdi.
Hammasi birinchi taymda boshlandi, Dest vaziyatlardan birida Mbappega qarshi qo'pollik ishlatdi, ammo shundan so'ng undan uzr so'radi. Franciyalik esa bunga javoban ispanchada "Menga tegma" dedi.
Alba vaziyatga aralashdi va dedi: "Vaziyatga kengroq qara. U sendan uzr so'radi". Mbappe esa unga javoban dedi: "Ko'chada seni o'ldiraman". "Barselona" himoyachisi gapirmadi. Vaziyatga Pike aralashdi va so'radi: "Sen kimni o'ldirmoqchisan?". Franciyalik Alba qarata takrorladi: "Men ko'chada seni o'ldiraman".
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar